Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari Ukrainaga raketa hujumlari taktikasini o‘zgartirib, tinch aholi yashaydigan binolarni nishonga oldi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qildi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

«Taktikada ma’lum bir o‘zgarish borligi aniq. Bunga hech qanday shubha yo‘q, chunki ular to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolik infratuzilmalariga, ko‘p xonadonli binolarga yoki turar joylarga raketa zarbasi beradi”, — dedi u.

Podolyakning fikricha, taktikani o‘zgartirishga bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin. Xususan, rus bosqinchilari Ukraina armiyasini tayyorgarliksiz qarshi hujum boshlashga qo‘zg‘atishi mumkin.

Bu Ukrainaning G‘arb ittifoqchilariga qaratilgan provokatsiyasi ham bo‘lishi mumkin — Rossiya tinch aholini o‘ldirish G‘arbni muzokaralar zarurligi haqida ko‘proq gapirishga majbur qiladi, deb o‘ylashi mumkin.

Uchinchi sabab Ukraina havo mudofaasini chetlab o‘tib zarba berish variantlarini izlashdan iborat. Podolyakning fikricha, bosqinchilar Ukraina armiyasining frontda muvaffaqiyatli harakatlari bo‘lsa, tinch aholiga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.

Rossiyaning Ukrainaga so‘nggi hujumlari va oqibatlari

1-mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga navbatdagi raketa hujumini uyushtirdi. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi 18 ta raketadan 15 tasini urib tushirganini ma’lum qildi. Dnepropetrovsk viloyatidagi Pavlograd shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 40 kishi yaralandi. O‘nlab uylar vayron bo‘lgan.

28-aprelga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk, Cherkas va Kiyev viloyatlaridagi shaharlarga raketa hujumi uyushtirdi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 23 ta raketadan 21 tasi urib tushirilgan. Uman shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosiga raketa tushishi oqibatida 23 kishi, jumladan, olti bola halok bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »