Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya qo‘shinlarining Donbassda Baxmut hududidagi hujumi “to‘xtab qoldi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi”. Bu haqda Vashingtonda o‘tkazilgan brifingda AQSH Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi besh oy ichida Rossiya kuchlarining Baxmutni o‘zidagi yo‘qotishlari 100 ming kishini tashkil etmoqda — 20 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, ularning yarmi “Vagner” jangchilari.

Jon Kirbi Ukrainaning yo‘qotishlarini baholamasligini qayd etgan, chunki “ular bu yerda — qurbon, Rossiya — bosqinchi”. Uning aytishicha, Oq uy armiyasi AQSH boshchiligidagi davlatlar koalitsiyasi tomonidan qurollantirilayotgan va tayyorgarlikdan o‘tkazilayotgan yaqin ittifoqdoshining vazifalarini murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarni tarqatmaydi.

Ukraina rasmiylari Kreml Baxmutni to‘liq bosib olish uchun 9-may sanasini tanlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin shundan so‘ng “g‘alaba notasi”ni e’lon qilishi mumkin. 

Aprel oxirlarida Ukraina “Ozodlik kuchlari” batalyoni qo‘mondoni Mixail Krijanovskiy Rossiya qamoqxonadagi mahbuslarni Ukrainadagi urushga jo‘natayotganini aytgandi. Ular orasida ayollar ham bor. Ma’lum qilinishicha, mahbus ayollarning bari Yevgeniy Prigojin tomonidan boshqariladigan “Vagner” safida jang qilmoqda. Baxmut shahrida Ukraina qurolli kuchlari va rus bosqinchilari o‘rtasida shiddatli janglar kechmoqda. Qarshi tomon shaharni, shuningdek, uning atrofini to‘liq egallashga urinmoqda. Mahkum erkaklardan tashqari jang maydonida sudlangan ayollar ham bor.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »