Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida hamqishlog‘i bilan orani ochish maqsadida borgan erkak mushtlashuv sabab halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, tumanning “Mulkush” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro orani ochiq qilish maqsadida 1983-yilda tug‘ilgan hamqishlog‘ining fermer xo‘jaligi dalasiga borgan. Shu yerda qishloqdoshlar mushtlashgan. Oqibatda 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari olgan. Shundan so‘ng fermer hushini yo‘qotgan hamqishlog‘ini o‘zi yashaydigan ko‘chaga olib borib, turmush o‘rtog‘iga topshirgan. 

Ko‘p o‘tmay u vafot etgan. O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasi fuqaroning o‘limiga bosh miya to‘qimalariga qon quyilishi, chap tomon ikkinchi, o‘n birinchi qovurg‘alar, o‘ng tomon 6-11-qovurg‘alar, chap buyrak va taloq yorilishi sabab bo‘lganini ko‘rsatgan. 

Ayni paytda aybdor hibsxonada. Ushbu jinoyatga 15-aprel kuni qishloqdoshlarning do‘konda spirtli ichimliklar borasida gap talashib qolgani sabab bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »