Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Senatning qirqinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonuni muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Qonunga muvofiq endilikda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdorlari oshiriladi.

Bundan tashqari, maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida ushbu huquqbuzarliklarni takror sodir etilgani uchun 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olish choralari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, endilikda daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun maʼmuriy javobgarlik ham kiritilmoqda.

Shuningdek, noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uchun Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4 ta moddasida maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil maʼmuriy huquqbuzarlik uchun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, o‘zgartishlar orqali bir turdagi maʼmuriy xuquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesilishi, kundakov qilinishi, shikastlantirilishi yoki yo‘q qilinishi bilan bog‘liq maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning masʼuliyatini oshirish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va davlat ekologik nazoratining samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘zbekistonda 2022-yil davomida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi ortidan tabiatga 10 milliard so‘m zarar yetkazilgan. O‘tgan yilda jami 1 777 tup qimmatbaho va ko‘p yillik daraxtlar kesilgan. Vaziyat tahlil etilganda, qurilish obyektlari atrofini o‘rab olish natijasida daraxtlarning qarovsiz qolishi, shikastlanishi va nobud bo‘lish holatlari sodir etilayotgani aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »