Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘ztransgaz”ning 2023-yilning birinchi choragidagi umumiy daromadi 12,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya moliyaviy hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “O‘ztransgaz”

Daromad 2022-yilning shu davriga nisbatan 742,9 mlrd so‘mga kamaygan. Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yilning yanvar—mart oylarida kompaniya 13 trln so‘m daromad qilgan. 

Biroq 2022-yilning birinchi choragi uchun e’lon qilingan hisobotda kompaniyaning daromadi 5,2 trln so‘m bo‘lgani qayd etilgan edi

Shuningdek, joriy yilning yanvar —mart oylarida kompaniyaning xarajatlari 937 mlrd so‘mdan ko‘proqqa kamaydi — 14,8 trln so‘mdan 13,9 trln so‘mga. 

Tahlil qilinayotgan davrda “O‘ztransgaz” foyda ko‘rmaganligi sabab foyda solig‘ini ham to‘lamagan. 

Kompaniya birinchi chorakda 2,5 trln so‘m zarar ko‘rgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, taxminan, 475 mlrd so‘mga ko‘proq. “O‘ztransgaz” 2022-yilning ilk choragida qariyb 2 trln so‘m zarar ko‘rgan edi. 

Lekin o‘tgan yil taqdim etilgan hisobotda kompaniya zarari 2 trln emas, 751 mlrd so‘m etib ko‘rsatilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »