Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Forum “Sharoit plyus” nogironlar jamoat birlashmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Maxsus rekruting veb-portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ochiq mehnat bozorida munosib ish bilan ta’minlash” loyihasi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish vazirligi hamkorligida 27-aprel kuni o‘tkazildi.

Unda davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ularning yuridik va kadrlar bo‘limi mutaxassislari hamda o‘rta va kichik biznes vakillari nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash muammolari bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilib, yechim va takliflar bilan bo‘lishdi.

Forum O‘zbekistonda inklyuziv ish bilan ta’minlashning muvaffaqiyatli holatlarini taqdim etish orqali ish beruvchilarning nogironligi bo‘lgan arizachilarga nisbatan qarashlarini o‘zgartirish, inklyuziv ish beruvchilar uchun davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiyalar va imtiyozlar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirish va mahalliy media platformalari orqali aholining inklyuziv bandlik haqidagi xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Forumning birinchi sessiyasida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishning amaliy tajribasi” mavzusida muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya bugungi mehnat bozoridagi malakali kadrlarga qanchalik katta ehtiyoj sezilayotgani, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham ma’lum sohalarda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi, ish joyida maxsus sharoitlar yaratish va, shu orqali, nogironligi bo‘lgan shaxslarga daromad olish imkonini taqdim etish haqida suhbat olib borildi.

Forumning ikkinchi sessiyasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni xizmat ko‘rsatish sohasiga ishga kiritishning amaliy tajribasi”ga bag‘ishlandi. Ushbu sessiyada inklyuziv ish bilan ta’minlash borasidagi muvaffaqiyatli holatlar muhokama qilindi va shu o‘rinda nogironlarni ish bilan ta’minlashdagi muammoli masalalar ko‘rib chiqilib, turli shakldagi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlashdan manfaatdor bo‘lgan yirik, o‘rta va kichik biznes vakillari hamda ularning yuridik bo‘lim va kadrlar bo‘limi hodimlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Forumning uchinchi sessiyasi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishning amaliy tajribasi” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda Britaniya Kengashi, Jahon banki va, shuningdek, UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘z fikrlarini berishdi va nogironligi bo‘lgan shaxslarni xalqaro tashkilotlarga ishga joylashtirishdagi muhim omillar haqida nutq so‘zladi.

Forumning so‘nggi sessiyasi “Inklyuziv biznes uchun imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib, spikerlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida nutq so‘zladi: O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishda ish beruvchilar oldida qanday majburiyatlar bor? Mavjud imtiyozlar va preferensiyalar haqida xususiy sektorlar xabardorligini oshirishda qanday chora tadbirlar olib borilmoqda? kabi savollarga javob berish bilan birga, spikerlar ushbu sohada mavjud muammolarga yechim topish yo‘llariga to‘xtalib o‘tdi.

Forum yakuni sifatida inklyuziv ish beruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »