Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq rafiqasi Gulmira Satibaldi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U birdaniga bir nechta moddalar bo‘yicha aybdor deb topildi. Bu haqda “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri xabar berdi.

Gulmira Satibaldi boshqalarning haq-huquqlarini poymol qilish va odam o‘g‘irlashda aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilinmasdan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bundan tashqari, Ostonadagi sud amaldagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga Satibaldini davlat mukofoti — “Kurmet” ordenidan mahrum etish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qiladi.

Sud Satibaldining qo‘riqchisi va haydovchisini ham qamoq jazosiga hukm qilgan. Xususan, Madi Botirshayev 7 yil, Rashid Utebekov 5 yil koloniyada jazo o‘taydi, ikkalasi ham mulkidan mahrum etilmaydi.

Ular o‘tgan yilning 16-martida qo‘lga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, yirik miqdorda mablag‘larni o‘g‘irlash holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan.

Keyinroq Gulmira Satibaldi odam o‘g‘irlash va ichimliklar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya aksiyalarini musodara qilishda ham ayblanayotgani ma’lum bo‘lgan. Unga qarshi shikoyat arizasi tadbirkorlar — Tursengali Alaguzov va Oygul Mekesheva tomonidan berilgan.

Qayd etilishicha, yetkazilgan zarar miqdori 6 milliard tengedan (14 825 224 dollar) ortiqni tashkil qilgan. Ayblanuvchilarning ayrimlari o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Hukmga ko‘ra, tadbirkor Tursengali Alaguzovning moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi fuqarolik da’vosi qisman qanoatlantiriladi.

“Satibaldidan jabrlangan Alaguzov foydasiga 6 milliard 584 million 244 ming 088 tenge (14 825 224 dollar) miqdoridagi moddiy zarar Galanz bottlers AJning 43,25 foiz oddiy aksiyalarini natura shaklida va 1 million tenge miqdoridagi ma’naviy zarar miqdorini qaytarish orqali undirilsin. Shuningdek, Satibaldidan 65 million 844 ming 166 tenge (148 256 ming dollar) tenge davlat daromadiga undirilsin”, — deydi hukmni o‘qigan sudya Kemenger Imashev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »