Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi “Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 175-son qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Hujjat bilan quyidagi tartib o‘rnatilmoqda:

  • qurolni taʼmirlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar o‘z faoliyatini IIVning litsenziyasi asosida amalga oshiradi;
  • quroldan foydalanish uchun tirlar va o‘q otish maydonlari o‘z faoliyatini hududiy ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga doir ruxsatnomasi asosida amalga oshiradi;
  • yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan qurol ichki ishlar organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi hamda ularni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma beriladi.

Muomalasi taqiqlangan maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan o‘quv quroli hamda vazn-o‘lchamli qurol, shuningdek, nur-tovushli taʼsirga ega patron bilan o‘q uzishni imitatsiya qilish uchun mo‘ljallangan, maxsus taʼmirlash ishlarini amalga oshirmasdan turib boshqa turdagi patronlar bilan o‘q uzish imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurol va uning o‘q-dorilari fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlariga tekin topshiriladi, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi yoki maxsus organlar va harbiy tuzilmalar kolleksiyalariga topshiriladi.

Fuqarolar uchun pnevmatik kalta stvolli qurol va tashqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) o‘xshash pnevmatik qurolning faqat sport obyektlarida ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida saqlanishiga va ulardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ichki ishlar organlari tomonidan ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda, qurol uni realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar orqali realizatsiya qilinadi yoki ichki ishlar organlariga topshiriladi.

Shuningdek, fuqarolik qurolini olish uchun qo‘shimcha talab sifatida qurol egasining yaqin qarindoshlari va birga yashovchi shaxslarni ruhiy va narkologiya dispanserlarida hisobda turishini tekshirish kiritilmoqda.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2-maydan kuchga kirgan.

O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019-yil 29-iyulda Prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.

2022-yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »