Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning uch hududida: Namangan, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida  noqonuniy yer sotilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda aniqlangan. Fuqaro A.Q. va boshqalar F.T.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 140 million so‘m evaziga tuman hududidan zaxiradagi 2 gektar yer maydonini rasmiylashtirib olib berishini vaʼda qilgan. Oldindan 100 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro A.B.ga “Poloson” MFY hududidan 8 sotix yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 6500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Koson tumani hududidan 40 sotix zaxiradagi yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 55 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »