Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokistondagi maktablardan birida yuz bergan otishmada kamida 7 nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: AFP

Rasmiylarga ko‘ra, hodisa Afg‘oniston bilan chegaradosh Kurram qabilaviy okrugining Parachinar hududida sodir bo‘lgan. Qotillik sabablari haqida hokimiyat tomonidan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan.

Provinsiyaning bosh vazirligi bayonotida aytilishicha, bu mulkiy mojaro bilan bog‘liq, biroq viloyat komissari hodisaga mazhablararo qarama-qarshilik sabab bo‘lganini ilgari surmoqda.

Otishma sodir bo‘lishidan oldin sunniy mazhabidagi o‘qituvchi otib o‘ldirilgan. Shundan so‘ng ommaviy otishma boshlangan va 7 nafar shia mazhabidagi o‘qituvchi halok bo‘lgan. 

“Ikkinchi voqea birinchisiga nisbatan reaksiyami yoki yo‘q, aniq emas”, — deyiladi xabarda.

Qabilalar okrugi aholisining ko‘pchiligi shialardan iborat bo‘lib, ular mahalliy “Tolibon’ harakatining sunniy jangarilari tomonidan tez-tez hujumga uchrashi aytilgan. Mahalliy politsiya voqealarni o‘rganar ekan, qo‘shimcha ma’lumot to‘playotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »