Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.

Kadr: Telegram

Jumladan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi, 70 yoshli fuqaro o‘g‘lining nomida bo‘lgan xususiy korxonaning 30 sotix yer maydonini xaridorga 100 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Samarqand tumanida yashovchi, 65 yoshli fuqaro o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligiga 2010-yil mahalliy hokimlik tomonidan ajratib berilgan yer maydonidan 15 gektarini xaridorga 15 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Boshqa bir holatda esa Guliston shahrida yashovchi 31 yoshli muqaddam sudlangan shaxs o‘zga bir fuqaroning nomida bo‘lgan va dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan 10 sotix sug‘oriladigan yer maydonini, go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uning 5 sotixini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7,4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqoqnuniy yer savdolari

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »