Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi bolalar bog‘chasida 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilingani haqida xabar berilgandi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2-may kuni 4 nafar fuqaro ariza bilan murojaat qilib, ularning farzandlari (6 yoshli qizlar) uxlab yotgan vaqtida voyaga yetmagan 2008-yilda tug‘ilgan X.Sh. bolalar tanasining turli qismlarini qo‘li bilan ushlab, uyatsiz buzuq harakatlar sodir qilganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda. Jinoyat ishi doirasida barcha holatlar batafsil o‘rganilib, zaruriy tergov harakatlari o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan ushbu holat zudlik bilan nazoratga olingan. O‘z o‘rnida tuman ichki ishlar organlari tomonidan holat bo‘yicha sudga oid tibbiyot va psixologik ekspertizalari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani, tuman prokuraturasi alohida nazoratga olgani hamda tekshiruv natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »