Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Sedentary behavior” — bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan harakatsiz turmush tarzi xususida gapirilganda ishlatiladigan atama. Bu ibora so‘zma-so‘z  “o‘tirish tarzi” deb tarjima qilinadi va bu xatti-harakat ko‘pincha harakatsizlik bilan aralashib ketgan.

Farqi nimada? JSST standartlari bo‘yicha “mobil” bo‘lish juda oddiy: buning uchun haftasiga 150 daqiqa o‘rtacha yoki 75 daqiqa kuchli aerobik mashqlar yetarli. Hatto, sport zaliga borishning hojati ham yo‘q: shunchaki muntazam ravishda piyoda yurish va avtobusdan bir bekat oldin tushish va hokazo.

O‘tirish bilan o‘tadigan turmush tarzi nima?

Uzzukun o‘tirishni taqozo qiladigan turmush tarzida hamma narsa murakkabroq: bu kunning ko‘p qismida energiya iste’moli bir yarim metabolik ekvivalentdan oshmaydigan har bir kishi tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni organizm ish paytida sarflaydigan kaloriyalarni dam olish vaqtida sarflaydi. Masalan, kompyuterda ishlayotganingizda qancha energiya sarflaysiz.

Shoh va mot: ma’lum bo‘lishicha, agar ayol haftasiga uch marta mashq qilsa-yu, lekin sakkiz soatni ofisda o‘tkazsa ham u harakatsiz hayot tarzini olib boradi. Va bu ko‘p hollarda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi: kunning katta qismida asosiy mushaklar passiv bo‘lishi zararli va o′tirganimizda aynan shunday bo‘ladi.

Churrani qanday aniqlash mumkin?

O‘tirish bilan o‘tadigan turmush tarzining oqibatlaridan biri — bu churraning paydo bo‘lishi, umurtqalarimiz orasida joylashgan diskning gelga o‘xshash yadrosi siqilib, shundan so‘ng yumshoq to‘qimali bo‘rtib chiqqan kist hosil bo‘lishidir. Ko‘pincha bunday shikastlanishlar 20 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan odamlarda uchraydi va birinchi bosqichda ularni payqash qiyin.

Tibbiyot fanlari doktori, ortoped-jarroh Shirvinda Vijesekera tushuntirganidek, churrani faqat og‘riq bilan aniqlab bo‘lmaydi — odamlar bu alomat bilan shifokorga tez-tez kelishadi va u har doim ham diskning deformatsiyasi haqida gapirmaydi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha “qizil bayroqlar“ churradan darak beradi.

Gap shundaki, umurtqa pog‘onasi chegarasidan tashqariga “sizib chiqqan” disk orqa miya va qon tomirlariga bosim o‘tkazadi. Natijada uchta qo‘shimcha simptom paydo bo‘ladi:

  • qo‘llar, oyoqlar yoki yonbosh tomonda og‘riq, ayniqsa, churra orqa tomonning bel qismida bo‘lsa. Og‘riq oyoqdan pastga tushadi;
  • uyquchanlik yoki sanchiq. “Bo‘rtiq” umurtqa pog‘onasi diskidan ta’sirlangan nervlar bel, oyoq, qo‘lda bu holatni keltirib chiqaradi;
  • qo‘l yoki oyoqdagi zaiflik, bu narsalarni ko‘tarish va ushlab turish yoki yurishni qiyinlashtiradi.

Agar siz ushbu alomatlarni boshdan kechirganingizni anglagan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashing — bu sizni jiddiy muammolardan qutqarishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »