Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Facebook tarmog‘ida Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarga qatnovchi poyezdlarga chipta topish murakkab ekani muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim tarmoq foydalanuvchilari chiptalar qo‘lga chiqib ketayotgani sabab navbatlar ko‘pligi haqida yozmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Facebook foydalanuvchilari O‘zbekiston temiryo‘l kassalaridan chipta sotib olishda muammolar yuzaga kelayotgani, reyslar soni kamligi va poyezdlarning oraliq intervali uzunligidan norozilik bildirmoqda. Faollarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik o‘zi istagan vaqtga poyezdlarga chipta topa olmaydi. Doim chipta tamom bo‘lgani yoki yetishmasligi muammosi bo‘ladi.

Tadbirkor Anvar Narzullohning yozishicha, u Samarqandga qatnovchi poyezdga may oyi oxirigacha bo‘lgan vaqtda chipta topa olmagan.

O‘zbekistonga kelganimdan beri necha marta Samarqandga borgan bo‘lsam, biror marta “Afrosiyob”ga bilet ololmadim. Bir marta ICT week uchun tashkilotchilar tayyor bilet berishdi. Yaqinda Indoneziyadan mehmonlar keladi. 20—28-may oralig‘i uchun bilet qidiryapman, allaqachon tugagan. Aviachiptalar ham shu ahvol, yoki yo‘q, yoki otning kallasidek qimmat. Shuncha talab bor ekan, tiqib tashla poyezdlarni. Har soat bittadan reys qo‘y, pulni qil. Yo‘q, xalqning dardi hammaga bir tiyin, eplasa, ana kirada ketsin. Yaqinda bir tanishdan so‘rasam, har bir vazirlik xizmat safarlari uchun doimiy 5-10 ta biletni band qilib o‘tiradi, deydi. Nechta vazirlik bor? Har biri 5 tadan joyni band qilganda ham anchagina bilet sotuvdan olingan. Yana ichki turizm deganiga o‘laymi, — deya post qoldirgan tadbirkor.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Afrosiyob”ga oxirgi marta 2020-yil, karantin avjiga chiqqan vaqt chiqqan edim. Yaqin 2-3 yilda bunaqa “kattalarniki” mayli, hatto oddiy poyezdni plastkartiga ham chiqolmay qoldik, doim bilet yo‘q. Hayitdan bir haftacha oldin sinov uchun Transport vazirligiga murojaat yubordim. 2-3 haftada qo‘ng‘iroq qildi. Endi “to‘y o‘tib bo‘ldi-ku...” maʼnosida gapirsam, ha, aka o‘tib bo‘ldi, xohlasangiz vazirlik qilayotgan ishlar haqida gapirib beraman, deydi. Bo‘ldi, foydasi yo‘q-ku, safsataga vaqt sarflamay qo‘yaveraylik, dedim, — deb yozadi Qodirjon Bumatov.

Mazkur masalaga bildirilgan munosabatlarda ayrim tarmoq foydalanuvchilari chiptalar qo‘lga chiqib ketishiga to‘xtalgan.

“Biletlar qo‘lga chiqib ketadi. Kassirga borib, ustini bersangiz, darrov topib beradi. Familiya-ism yozmaydi. Bron qilib, oldirib qo‘yadi. Begona so‘rasa, bilet yo‘q. Tanish-bilishlarga ustini olib beradi. Yaqinda ishim tushib bildim. To‘rtta bilet olib berdi tanishim”, — deya fikr bildirgan foydalanuvchilardan biri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Bilet doim bo‘ladi. Faqat qo‘liga pul berishingiz kerak. 2 daqiqada xohlagan joyingizdan chiqadi shunda. Bo‘lmasa, kassadagilar yo‘q deb o‘tiraverishadi. Lekin buni hamma ham bilmaydi-da”, — deya qo‘shimcha qilgan Bella Donna nomli akkaunt egasi.

Sardor Dushamovning yozishicha, Xorazm viloyatiga qatnovchi poyezdlar uchun chiptaga navbat katta, ammo chiptalar sotuvda yo‘q.

Foto: Facebook / Sardor Dushamov

“Bu temiryo‘l kassalari. Bu insonlarning 80 foizi Xorazmga ketmoqchi. Lekin bilet yo‘q. Bugun 3 ta poyezd Xorazmga ketadi, lekin joy yo‘q, doimgidek. Vagon qo‘shiladi deyishgani uchun hamma kutyapti. Men ham kutyapman. Aytadigan gapim ko‘p, aytmay qo‘yaveraman, baribir hal bo‘lmaydi”, — deb yozadi u.

“Men ham onamni Buxoroga sayohatga olib boraman deb poyezdga bilet topolmadim. Nafaqat ‘Afrosiyob’, balki Buxorodan o‘tadigan poyezdlarga ham bilet yo‘q edi. Poyezdlar qatnovi kam, intervali uzoq, bilet sotish — o‘yin”, — deb yozgan yana bir foydalanuvchi.

“Men Andijondanman. Samarqandda yashayman. Xuddi shunday holat bizda ham bo‘ladi. Agar Andijondan mehmonlar keladigan bo‘lsa, 1 oy avval bilet olish kerak yoki 2–3 kunlab sarson bo‘lib kutishga to‘g‘ri keladi. Aslida shu temiryo‘llarni tadbirkorlarga xususiylashtirib berish kerak. Keyin poyezdlar ko‘payib qolar”, — deya fikr bildirgan Facebook foydalanuvchisi Mirkomil Toshmatov.

Izoh

Bunyodbek Rajabov

06.05.2023, 19:09

Dolzarb mavzu. Bu bo'yicha mening taklifim biletlarni ko'p marta vozvrat (qaytarish) qiluvchi shaxslarga cheklov qo'yish kerak

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »