Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kremlda an’anaviy ravishda 9-may kuni o‘tkazib kelinadigan qabul o‘tkazilmaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Joriy yilda ham ushbu tadbirni o‘tkazish rejalashtirilganmi degan savolgan matbuot kotib “yo‘q” deya javob qaytargan.

9-may kuni Rossiya prezidenti odatda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashar edi. Bu kabi tadbirlarning oxirgisi 2019-yilda bo‘lgan. Bundan tashqari, Katta Kreml saroyida Moskvadagi paradda ishtirok etish uchun kelgan xorij delegatsiyalari rahbarlari qabul qilinardi.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh bir qancha viloyatlarida, shuningdek, bosib olingan Qrimda 9-may kuni o‘tkaziladigan harbiy parad bekor qilingan. Qozog‘iston budjet mablag‘larini tejash uchun bu yil ham harbiy parad o‘tkazilmasligini e’lon qilgan.

Aprel oxirlarida Moskvada G‘alaba kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga xorijdan yagona yetakchi — Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov tashrif buyurishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.

2022-yilda G‘alaba kunini nishonlash uchun birorta ham xorijiy davlat rahbari Moskvaga kelmagan edi. Kreml buni chet el rahbarlarini taklif qilmagani bilan izohlagan. “Bu yubiley sanasi emas. Bu bizning bayramimiz, bu butun Rossiya uchun, barcha ruslar uchun muqaddas bayramdir”, — degan edi o‘sha paytda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Rossiyaning bir qator hududlarida 2023-yil 9-may kuni “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” G‘alaba kunida an’anaviy parad o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Moskvadagilar “O‘lmas polk” marshini ham o‘tkazmaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »