Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyatida bolakay bog‘cha tarbiyachisi tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

Foto: Telegram

Aniqlanishicha, holat 4-may kuni Karmana tumani “Kumushkon” MFYdagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tarbiyalanuvchiga qilingan bunday qo‘pol xatti-harakat shu bog‘chaning tarbiyachi yordamchisi S.Y. tomonidan sodir etilgan.

“8-may kuni mazkur xodimga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilish masalasi ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan vakolati doirasida ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limiga belgilangan tartibda xat yuborilishi ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim tashkilotlarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »