Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin yollanma jangchilar Baxmutdan ketmasligini ma’lum qildi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, 7-mayga o‘tar kechasi “Vagner” butun urush davridagi birinchi jangovar buyruqni oldi. Yollanma askarlarga zarur miqdorda o‘q-dori va qurol-yarog‘ va’da qilingan.

“Bizga keyingi harakatlarni davom ettirish uchun qancha kerak bo‘lsa, o‘q-dorilar va qurollar va’da qilindi. Ular bizga hamma narsa yetkazib berishga qasamyod qilmoqda, bu Ukraina qo‘shinlari bizni o‘ldirmasligi uchun zarur. Biz Artemovskda (Baxmutda) o‘zimiz xohlagancha faoliyat olib boramiz”, dedi Prigojin.

“Vagner” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi general Sergey Surovikinni vazirlik va yollanma askarlar o‘rtasida vositachi sifatida ham taqdim etgan.

“Bu jang qilishni biladigan armiya generali yulduziga ega bo‘lgan yagona odam. Bunday yulduz bilan birorta ham aqlli odam yo‘q”, — deya qo‘shimcha qilgan Prigojin.

“Vagner” asoschisining Baxmutdan yollanma askarlarni olib chiqishi bayonoti

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin snaryadlar yo‘qligi sabab jangchilarining Baxmutdagi pozitsiyasini 10-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga topshirishini ma’lum qildi.   

“Men ’Vagner’ bo‘linmalarini Baxmutdan olib chiqib ketaman, chunki o‘q-dorilar yo‘qligi sabab ular ma’nisiz o‘limga yuz tutmoqda”, — degan Prigojin Rossiya prezidenti, harbiy qo‘mondonligi va xalqiga yo‘llagan murojaatida.

5-mayga o‘tar kechasi Prigojin matbuot xizmati “Vagner” rahbari yollanma jangchilar jasadlari oldida Rossiya harbiy rahbariyatini so‘kkani, o‘q-dorilar yetkazib berilishini talab qilgani tasvirlangan videoni e’lon qilgandi.

Rossiya mudofaa vaziri Prigojinning murojaatidan keyin qurol-yarog‘ ta’minotini “alohida nazoratga olish”ni buyurgan.

“Vagner” qanday guruh?

Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

“Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentyabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »