Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 0,33 gektar maydondagi qabriston yerlarini pullagan mansabdorlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, holat  “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan o‘rganishda aniqlangan. 

Koson tumani yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya mansabdor shaxslari qonun talablariga zid ravishda, tuman markazida joylashgan “Eshoni Koson” qabristoni hududidan fuqaro va tadbirkorlarga 0,33 gektar yer maydonini noqonuniy ajratgan. Ushbu qabrstonga tegishli yer maydonida “Kushxona”, “Savdo do‘koni” va “Omborxona” binolari qurilishiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga 146 million so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »