Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya bosqinchilari 9-mayga provokatsiyalar tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi vakili Andrey Yusov ma’lum qildi.

Foto: “RBK”

Rossiya provokatsiyalarni amalga oshirish uchun ko‘pincha ramziy sanalarni tanlaydi, shuning uchun 9-may bundan mustasno bo‘lmasligi mumkin.

“2014-yildan boshlab, bosqinchilar bunday provokatsiyani qo‘llamoqda va bunga duch kelishimiz mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Rossiya tinch aholiga qarshi provokatsiyalar amalga oshirilishi va bu 9-may sanasiga to‘g‘ri kelishi mumkin”, — dedi Yusov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar belaruslarga qarshi provokatsiyalar ham yuborishi mumkin. Rossiyaning bunday “soxta bayroq ostidagi shartnomasi” Belarus armiyasini Ukrainaga qarshi urushga jalb qilishni o’z ichiga olishi mumkin.

“Ukrainada ham, dunyoda ham hech kim bunday g‘oyalarga ishonmaydi. Garchi bu provokatsiyalar bo‘lmaydi, degani emas”, — deya ta’kidladi Bosh razvedka boshqarmasi vakili.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »