Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 1-son tergov hibsxonasida monitoring tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Ombudsman axborot xizmati

O‘rganish davomida Jinoyat kodeksining 164-moddasida (bosqinchilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qamoqqa olingan D.T. va 2511-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingan H.A. bilan yakka tartibda xoli suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida har ikki shaxs ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqatilgan xabarlarni tasdiqladi. Xususan, D.T.ning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan Namangan viloyati Pop tumani ichki ishlar bo‘limida va keyinchalik Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilgan.

Qiynoqlar natijasida aybiga iqror bo‘lgan va olgan tan jarohatlarini ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yetkazilganligi bo‘yicha ko‘rsatma bermagan. Uning qiynoqqa solingani haqida keyinchalik advokati xabar qilgan. Shuningdek, u ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy qiynoqqa solinganini tasdiqlovchi asosli dalillari mavjudligini ma’lum qilgan.

Ombudsmanning monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, D.T.ning qiynoqqa solingani holati yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va qonuniy o‘tkazilishining ta’minlanishi yuzasidan Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »