Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyati Vobkent tumanida ijtimoiy tarmoq orqali ikki qudani chuv tushirgan yigit ikki yildan so‘ng topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi

Xabarga ko‘ra, 2021-yilning 13-fevral kuni Vobkent tumani “Hajuvon” mahallasida yashovchi, A.I. o‘zining telefon raqamiga kelgan eʼlon orqali Telegramʼdagi onlayn savdo kanaliga aʼzo bo‘lgan. O‘zini ushbu kanal admini sifatida tanishtirgan nomaʼlum shaxsning aldoviga uchib, savdo kanali tomonidan unga 500 000 so‘m miqdoridagi pul yutug‘ini plastik kartasi hisob raqamiga o‘tkazib berishiga ishongan.

Ayol unga o‘zining hamda qudasining plastik karta raqamlari va kodlarini bergan. Plastik kartalarning raqami va kodini olishga erishgan nomaʼlum shaxs o‘sha vaqtning o‘zida jabrlanuvchi A.I.ning plastik kartasidan 644 000 so‘m, qudasining plastik kartasidan esa 544 000 so‘m pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan A.A. sodir qilgani fosh etildi.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »