Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevrokomissiyasi ilk bor Rossiyaga harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan uskunalarni yetkazib bergan Xitoyning 7 ta kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxat yaqin kunlarda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur firmalarning ayrimlari AQSHning sanksiyalariga uchragan, biroq Yevroittifoq hozirga qadar Xitoy Moskvaga qurol yetkazib berayotgani borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar yo‘qligi sabab Pekinga qarshi borishdan qochib kelayotgandi.

“Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida Rossiya harbiy-sanoat majmuasi tomonidan foydalanish uchun elektron komponentlarning asosiy rolini hisobga olgan holda, sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etgan uchinchi mamlakatlardagi ayrim subyektlarni, shuningdek, mamlakat harbiy-sanoat kompleksi uchun elektron komponentlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi Rossiya korxonalarini ham ro‘yxatga kiritish maqsadga muvofiq”, — deyiladi xabarda.

Sanksiyalar ro‘yxati amalda qo‘llanilishi uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat tomonidan ma’qullanishi lozim. Bundan tashqari, Yevrokomissiya dronlar ishlab chiqarib, ularni Rossiyaga yetkazib berayotgan ayrim Eron kompaniyalariga ham sanksiyalar qo‘llamoqchi. Shu bilan birga, Bryussel neftning noqonuniy eksportiga yo‘l qo‘ymasdan, o‘z portini hech qanday sababsiz yashirgan neft tankerlarining Yevropa Ittifoqi portlariga kirishini taqiqlashni taklif qilmoqda.

Aprel oxirlarida AQSH Qozog‘iston Rossiyaga yordam berishi tufayli ikkinchi darajali sanksiyalarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirgandi. Shuningdek, Hindiston AQSH sanksiyalariga tushmagan holda Rossiyadan qurol olish yo‘lini qidirayotgani ma’lum bo‘lgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »