Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaga bosqin munosabati bilan Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar qo‘llanishi fonida Germaniyadan MDH mamlakatlariga ayrim toifadagi tovarlar eksporti ikki baravar ko‘paydi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Foto: Bild

Nashr Germaniya federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 2022-yilda nemis tovarlarini yetkazib berish undan oldingi yilga nisbatan Tojikistonga 150 foizga, Belarusga 77 foizga, Qirg‘izistonga 994 foizga oshgan.

Gap sanksiyalarni chetlab o‘tib, parallel import orqali Rossiyaga tovarlar yetkazib berish haqida ketmoqda. Qozog‘istonga kimyo mahsulotlari eksportining o‘sishi 129 foizni, Armanistonga 110 foizni tashkil etdi. Nemis elektr jihozlarini Armanistonga yetkazib berish 344 foizga, O‘zbekistonga 105 foizga oshdi. Shuningdek, Qozog‘istonga metall buyumlar eksporti 137 foizga, kiyim-kechak esa 88 foizga oshgan.

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilda Germaniyadan Qozog‘istonga avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti 507 foizga, Armanistonga esa 761 foizga oshgan. 

Bild nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan ham allaqachon Germaniyadan MDH mamlakatlariga tovarlar yetkazib berish hajmi oshishiga e’tibor qaratgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »