Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev parlament a’zolari, siyosiy partiyalar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda odamlar bilan bamaslahat ish ko‘rish chinakam demokratiya namunasi ekanini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Qadim tariximizdan kelib chiqqan holda, ota-bobolarimizga xos ezgu qadriyatlarni ro‘yobga chiqarish, ya’ni inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash, odamlarimiz bilan bamaslahat ish ko‘rish biz uchun chinakam demokratiya namunasidir” — deya uning so‘zlarini keltirgan prezident matbuot kotibi.

Davlat rahbari Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab fuqarolar faol va munosib ishtirok etganini qayd etib, shu nuqtayi nazardan yangilangan Konstitutsiyaning chinakam muallifi xalq bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslar borligini ta‘kidladi.

“Eng muhimi, endi islohotlarimiz yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz, “inson—jamiyat— davlat‘’, degan yangi tizim asosida faqat va faqat oldinga qarab boramiz”, — dedi davlat rahbari.

Prezident millatlararo do‘stlik va ahillikni saqlash zarurati haqida ham gapirdi.

“Xalqimizda ‘Birdamlik bor joyda ildamlik bor’, degan dono naql bejiz aytilmagan. Chindan ham, o‘zaro ahillik va hamjihatlik bo‘lgan yurtda, albatta, qut-baraka, taraqqiyot bo‘ladi. Takror va takror aytaman: bizning eng katta boyligimiz  O‘zbekistonni o‘zi uchun yagona vatan deb biladigan ko‘p millatli buyuk xalqimizdir.

Jonajon yurtimizda qaror topgan millatlararo do‘stlik va ahillikni — mana shunday bebaho xazinamizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash barchamizning oliy burchimiz ekanini har doim yodda tutishimiz lozim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »