Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda mamlakat suverenitetini yanada mustahkamlashda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan bog‘liq xavf-xatarlar, suv taqchilligining salbiy taʼsirini yumshatish bo‘yicha yangi tashabbus va dasturlar ishlab chiqilishi va hamkorlarimiz bilan birga faol ish olib borilishi qayd etilgan.

"Biz O‘zbekistonni ijtimoiy davlat, deb eʼlon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy ko‘makka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoshlardan iborat.

Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar ko‘paytirilmoqda. Bu raqamni aytish oson, lekin uni amalda taʼminlash juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat byudjetidan har yili qo‘shimcha 30-40 trillion so‘m ajratish kerak bo‘ladi", — degan prezident.

Buning hisobidan har yili yuzlab yangi bog‘chalar, maktab va shifoxonalar qurish lozimligi taʼkidlangan. Yoshlar siyosatini, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.

Nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytiriladi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oshirib boriladi.

O‘zbekistonda 1-apreldan pensiya va nafaqalar, 1-maydan esa oyliklar 7 foizga oshishi (bunda budjetning qo‘shimcha xarajatlari 2,2 trillion so‘mni tashkil qiladi) haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori 2023-yil davomida oyliklar va pensiyalarni ikki marotaba oshirishga qaror qilinganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »