Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiy bo‘limining yuqori rahbarlari o‘rtasida ichki ziddiyat davom etmoqda. Gap mudofaa vaziri Sergey Shoygu va “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi egasi Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi raqobat haqida ketmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” rahbarini obro‘sizlantirish rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Foto: tjournal.ru

Jurnalistlar Pentagondan olingan va internetda chop etilgan maxfiy hujjatlarga murojaat qiladi. Ta’kidlanishicha, harbiy bo‘lim vakillari Prigojinga oshkora qarshilik ko‘rsatishni istamagan, shuning uchun ular vositachilar orqali uni obro‘sizlantirish kampaniyasini o‘tkazishga qaror qilgan.

“Rasmiylar agar Mudofaa vazirligi Prigojinning ommaviy bayonotlariga qarshi chiqmoqchi bo‘lsa, ular ‘Vagner’ asoschisi bilan kurashish uchun teng maqomga ega ittifoqchilarni topishi kerakligini aytgan”, — deyiladi xabarda.

Manbaga ko‘ra, Prigojin Putinni “Vagner”ga a’zo bo‘lish uchun mahbuslarni yollashni davom ettirishga, yangi safarbar etilganlarni tayyorlashga va chet ellik yollanma askarlarni, ayniqsa, Afg‘onistondan faol izlashga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

Sizdirilgan hujjatlarda aytilishicha, Putin Prigojinga bu masalalarni Mudofaa vazirligining o‘zi hal qilishini aytgan. Rossiya rahbari shu tariqa generallarga yon bosishga uringan.

Ta’kidlanishicha, Kreml Prigojinga ataylab rasmiylarni tanqid qilishga ruxsat bergan, chunki bu Putinning siyosiy hudud va Ukrainadagi jang maydonini alohida raqobatlashuvchi guruhlarga bo‘lish strategiyasiga to‘g‘ri keladi. Shunda hech bir tomon kuchli bo‘lib qolmaydi.

Filadelfiyadagi Tashqi siyosatni o‘rganish instituti katta ilmiy xodimi Rob Li Prigojin Kreml uchun har doim ham muammo bo‘lib kelmaganini ta’kidlaydi.

“Putin hokimiyatni saqlab qolish uchun raqib guruhlardan foydalanishni yaxshi ko‘radi, ammo bu harbiy amaliyotda juda zararli”, — deb tushuntirgan tahlilchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »