Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda Konstitutsiyada ilk bor O‘zbekistonga huquqiy davlat degan taʼrif berilganiga eʼtibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3 barobar ko‘paytirildi. Bu – avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi taʼminlanadi, degani. Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo‘ladi.

“Eng muhimi, ‘Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!’, degan qarash jamiyatning har bir aʼzosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish uchun sudlarning odil va mustaqil ish yuritishini, albatta, amalda taʼminlashimiz zarur”, — deydi prezident.

Shu maqsadda, asosiy qonunda hech kim sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi; erkinlikni cheklashga faqat sud qarori asosida yo‘l qo‘yilishi haqidagi qoida mustahkamlandi; ayblanuvchiga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, yaʼni “sukut saqlash” huquqi birinchi marta alohida belgilab qo‘yildi; advokatlar maqomi oshirilib, ular tergovchi va prokuror bilan teng vakolatga ega bo‘ldi.

Asosiy qonunga kiritilgan bu ilg‘or yangiliklarni amalda joriy etish oson bo‘lmasligi, ko‘p jamiyatlar bunday o‘zgarishlarni faqat orzu qilishi qayd etildi. Buning uchun sud-huquq idoralarining kadrlar salohiyatini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Eng muhimi, tergovchi, prokuror, sudya va advokatlarning bilim va malakasi, maʼnaviy dunyosini yuksaltirish bilan birga aholining ham huquqiy madaniyatini oshirish, hammamizning dunyoqarashimizni o‘zgartirish talab etiladi.

“Qanday og‘ir bo‘lmasin, bu ishlarni amalga oshirishni zamonning o‘zi taqozo etmoqda”, — deydi prezident.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdan boshlab to uni qabul qilguncha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan umumxalq muhokamalarida millionlab fuqarolar faol va munosib ishtirok etganini qayd etib, shu nuqtayi nazardan yangilangan Konstitutsiyaning chinakam muallifi xalq bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslar borligini ta‘kidlagan. Mamlakatda nuroniylar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan insonlar, alohida eʼtiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar ko‘lami yanada kengaytirilishi aytilgan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »