Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hech kim sog‘liq muammolaridan himoyalanmagan va mashhurlikning ham bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Quyidagi mashhurlarga saraton tashxisi qo‘yilgan va deyarli barchasi kasallik bilan muvaffaqiyatli kurashgan, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Jeff Bridges

Foto: The Voice Mag

2020-yil oktabr oyida aktyor limfoma bilan kasallanganligini e’lon qildi: “Menga kuchli shifokorlar jamoasi yordam beradi va yaxshi taxminlar bor, shu bois sizlarni salomatligim haqida xabardor qilib turaman”, — deb ta’kidlagan edi aktyor.

Shennon Doerti

Foto: The Voice Mag

2015-yilda aktrisaga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. Ikki yil o‘tgach, u remissiya haqida gapirdi, ammo 2020-yil boshida kasallik yana qaytdi. Shennonga saratonning 4-bosqich tashxisi qo‘yilgan va u davolanishni davom ettirmoqda.

Kayli Minoug

Foto: The Voice Mag

2005-yilda qo‘shiqchiga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. U kimyoterapiya va jarrohlik amaliyotidan o‘tdi va kasallik remissiya davriga kirdi.

Robert de Niro

Foto: The Voice Mag

2003-yilda aktyorga prostata saratoniga chalingani ma’lum bo‘lgan. Kasallik erta bosqichda tashxislangan, shuning uchun u butkul davolana oldi va endi bu haqda eslashni istamaydi.

Maykl Duglas

Foto: The Voice Mag

2010-yilda Maykl Duglas til saratoniga chalinganini bildi. Aktyor bu kasallikni yengib o‘tdi.

Ben Stiller

Foto: The Voice Mag

2014-yilda bu aktyorga ham prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. O‘simta olib tashlangan, kasallik remissiyada. Ben esa boshqa hech narsa uning filmlarda rol o‘ynashiga to‘sqinlik qilmasligiga umid qilmoqda.

Xyu Jekman

Foto: The Voice Mag

2013-yilda aktyorning burnida karsinoma topilgan edi. U bir necha marta kimyoterapiya va jarrohlik muolajalarini boshdan kechirdi. O‘shandan beri Xyu muntazam ravishda tekshiriladi va uydan quyoshdan himoyalovchi kremsiz chiqmaydi.

Brijit Bardo

Foto: The Voice Mag

Aktrisa 1983-yilda dahshatli tashxis haqida eshitdi va bu taqdir deb hisoblab, davolanishdan bosh tortdi. Yaxshiyamki, do‘stlarining biri uni hayotini saqlab qolishga ko‘ndirdi va kasallik yengildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »