Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy tanlovi ham shu!” — dedi prezident.

Davlat rahbari bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlanishi; barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi; O‘zbekistonda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom ettirilishi ta’kidladi.

Shuningdek, jamiyatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini qayd etdi.

“Men prezident sifatida ish boshlagan birinchi kundanoq ‘Biz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz’, ‘Biz xalqni rozi qilishimiz kerak’ degan gaplarni doim takrorlayman. Islohotlarni boshlagan paytda o‘zimiz tasavvur ham qilmagan juda ko‘p muammo va sinovlarga duch keldik. Ularga el-yurtimiz bilan birgalikda yechim topib, har bir masalani joyida hal qilib borayapmiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari yangilangan Konstitutsiyaning ma’no-mazmuni, bosh maqsadi ham xalqning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iboratligini ta’kidlab, bu maqsad yo‘lida qanchalik og‘ir bo‘lmasin, zarur mablag‘larni, kerak bo‘lsa, ortiqchasi bilan topib, barcha imkoniyatlarni ishga solinayotganini bildirdi.

“Xalqimizning o‘zi — eng adolatli hakam. Men aminman, bugun yurtimizdagi har bir inson ‘hayotimda ijobiy o‘zgarish bo‘lmoqda‘, deb ayta oladi”, — dedi prezident.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »