Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida “Tolibon” ayollar va qizlar uchun diniy maktab qurmoqda. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Hasht-e Subh Daily

Mahalliy manbalarga ko‘ra, “Zinbiya” deb nomlangan ushbu diniy maktabning qurilish ishlari Bomiyondagi “Tolibon” gubernatori Mulla Abdulla Sarhadiy tomonidan boshlangan. 

Ushbu maktabni qurish narxi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Bomiyonlik ayollar uchun mazkur maktab qurilishi xarajatlarini viloyat aholisi yoki “Tolibon” guruhi to‘laydimi, hozircha aniq emas.

“Tolibon” har bir qishloqda islomiy ta’lim uchun diniy maktablar tashkil etishga harakat qilayotgani aytiladi. Bomiyon Afg‘oniston markazidagi Hazoriya viloyatlaridan biri bo‘lib, aholisining aksariyati shialardir.

“Tolibon” 2021-yil hokimiyat tepasiga kelgach, universitetlarda jinsga qarab alohida sinf xonalari va kirish eshiklari mavjud bo‘lgan. Ayol talabalarga faqat ayol professorlar yoki qariyalar dars berishi mumkin edi.

Biroq 2022-yil dekabr oyida “Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishini taqiqlagan. Bu ayollarning rasmiy ta’lim olish imkoniyatini yanada cheklaydi, jumladan, ular o‘rta maktabda ta’lim olishdan chetlashtirilgan.

Uch oy oldin Afg‘oniston bo‘ylab minglab qizlar va ayollar universitetga kirish imtihonlarida qatnashgan. Ammo ular o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlarga keskin cheklovlar qo‘yilgandi. Xususan, veterinariya, muhandislik, iqtisod va qishloq xo‘jaligi sohasi taqiqlanib, jurnalistika qattiq cheklangan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan qo‘llangan taqiqlar

Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan. Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi va ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »