Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH 9-may kuni Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda Associated Press va Reuters manbalari xabar berdi. Agentliklar ma’lumotlariga ko‘ra, yordam hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Foto: Atlantic Council

Harbiy yordam paketidan Hawk havo hujumidan mudofaa tizimlari, havo hujumidan mudofaa qiluvchi qurollar, gaubitsalar, shuningdek, dronlarga qarshi o‘q-dorilar o‘rin oladi. Bundan tashqari, AQSH sun’iy yo‘ldoshdan olinadigan suratlar va turli o‘qitish dasturlarini moliyalashtiradi. Bularning barchasi Jo Bayden administratsiyasi ma’qullagan Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi doirasida moliyalashtiriladi. Unga ko‘ra, qurol-yaroqlar AQSH zaxiralaridan olinmaydi, balki ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadi.

Yordam paketi e’lon qilinishi bilan AQSHning Ukrainaga 2022-yil fevraldan buyon ko‘rsatayotgan yordami hajmi 37 milliard dollarga yaqinlashadi.  

Aprel boshida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga aʼzo davlatlardan Ukrainaga Kompleks yordam paketi uchun yiliga 500 million yevrodan ajratishni so‘ragandi. Martda bo‘lsa AQSH Ukrainaga 350 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qilgan edi.

Ukrainadagi urushda NATO yordami

Shimoliy Atlantika alyansi keng ko‘lamli bosqinning dastlabki kunlaridan boshlab Rossiyaga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda.

O‘tgan yil davomida G‘arb ittifoqchilari Ukrainaga 70 milliard dollardan ortiq harbiy yordam ko‘rsatdi, dedi Stoltenberg.

Avvalroq NATO davlatlari Ukrainaga g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsani taqdim etishga va’da bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »