Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 9-may kuni Qizil maydonda bo‘lib o‘tgan harbiy paradda qo‘liga bint bog‘langan holatda ishtirok etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Kremlin.ru

Bundan tashqari, rasmiy translyatsiyadan olingan kadrlarga qaraganda, Aleksandr Lukashenkoning kayfiyati yaxshi bo‘lmagan, u o‘zini yaxshi his qilmagan.

Biroz vaqt o‘tgach, MDHning bir qator davlatlari rahbarlarining noma’lum askar qabriga ketayotgani aks etgan videolar paydo bo‘lgan. Unda Lukashenko boshqa davlat rahbarlaridan farqli o‘laroq, piyoda emas, balki mashinada ketganini ko‘rish mumkin. Qizil maydondan Aleksandr bog‘igacha 300 metrni tashkil qiladi.

Lukashenko Moskvadagi nonushtani o‘tkazib yuborgan va paraddan ko‘p o‘tmay Minskka qaytgan. Jurnalistlar uning sog‘lig‘ida muammolar borligini aytmoqda. Belarus prezidentining Moskvadagi paradga kelishi so‘nggi daqiqada ma’lum bo‘lgan.

Foto: Telegram

"Nasha Niva"ning qayd etishicha, parad paytida Lukashenkoning qo‘lida bandaj ko‘rinib qolgan. Ukraina Telegram kanallari bu kateterdan olingan bint bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunetsga ko‘ra, Lukashenko aeroportga tez yordam mashinasida olib kelingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »