Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi g‘alaba paradidan o‘zining Markaziy Osiyodagi saqlanib qolgan ta’sirini namoyish etish uchun foydalanmoqda. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) yangi hisobotida xabar berildi.

Foto: Kremlin.ru

Hisobotda 9-mayda Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirok etishi haqidagi xabarga e’tibor qaratilgan. Kremlga aloqador nashr Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 23-aprel kuni G‘alaba kunida Moskvaga tashrifi haqida xabar bergan bo‘lsa, Rossiya ommaviy axborot vositalari Moskvadagi paraddan bir kun oldin Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlarining tashrifini ma’lum qilgan.

Tojikiston rahbari Emomali Rahmonning matbuot xizmati dastlab siyosatchi Dushanbeda bayram o‘tkazishini ma’lum qilgan, biroq keyinroq Rahmon Moskvaga ketganini xabar bergan. Putin Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni ham taklif qilgandi, biroq Berdimuhamedov paradda ishtirok etishini tasdiqlamagandi. Keyinchalik u paradda qatnashishi ma’lum bo‘lgan.

“2022-yilda Moskvadagi paradda chet el davlatlari rahbarlaridan birortasi ham qatnashmagan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston esa 2022-yilda harbiy parad o‘tkazmagan, ba’zilari koronavirus pandemiyasi tufayli shunday qarorga kelgan. Markaziy Osiyo yetakchilarining ishtiroki haqidagi xabar kechikib e’lon qilinishi, ularning urushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashni istamasligidan dalolat beradi”, — deyilgan hisobotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »