Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 9-maydagi o‘tgan va bu yilgi nutqi o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar taqqoslandi. BBCning Yevropa bo‘limi muharriri Pol Kirbi tegishli solishtiruvni e’lon qildi.

Foto: Kremlin.ru

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Putinning G‘alaba kuni harbiy paraddagi asosiy fikrini oldindan aytish mumkin edi. Rossiya rahbari 1940-yillardagi fashizmga qarshi kurash va bugungi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari o‘rtasida o‘xshashlik ko‘rsatishi kerak edi.

“U buni vatanga muhabbat, halok bo‘lganlar xotirasi, Rossiyaning dunyo yovuzligiga qarshi kurashdagi maxsus missiyasi haqidagi iboralar ko‘rinishida amalga oshirdi”, — deydi Kirbi.

Putin, shuningdek, “haqiqiy urush” ketayotgani, lekin u buni Rossiya boshlagan urush sifatida emas, balki aksincha talqin etdi.

“Bugun sivilizatsiya yana hal qiluvchi burilish pallasida, vatanimizga qarshi haqiqiy urush boshlandi. Lekin biz xalqaro terrorizmni daf qildik, Donbass aholisini himoya qilamiz, xavfsizligimizni ta’minlaymiz”, — degan Putin paradda.

Bu uning 2022-yildagi nutqidan unchalik farq qilmadi, o‘shanda Rossiya rahbari NATO va G‘arbni Ukrainadagi vaziyatni muqarrar qilib qo‘yganlikda ayblagandi, bu yil esa Putin G‘arbni Rossiyaga nisbatan nafrat uyg‘otish va oilaviy qadriyatlarni yo‘q qilishda ayblamoqda.

Putinning nutqini G‘alaba paradi uchun Moskvaga kelgan sobiq SSSRning yetti davlati — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari tingladi.

Urushdagi g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradga 10 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, jumladan, Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashayotganlar ham jalb qilingan. Aviatsiya paradda ishtirok etmadi, Qizil maydonda oldingi yillarga qaraganda kamroq harbiy texnika qayd etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »