Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Rossiya bilan “tinchlik muzokaralari imkonsizligi” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Reuters

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning ‘Hozir Ukrainada tinchlik o‘rnatishning iloji yo‘q’ degan iborasi biroz hayratlanarli”, — dedi Podolyak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar agressorga nihoyat BMT Nizomining tegishli moddalari eslatilsa va birovning hududini tark etish “odob bilan” so‘ralsa, Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi mutlaqo mumkin. 

Shuningdek, Rossiyani BMT va tashkilot xavfsizlik kengashining bir qismi deb hisoblashni to‘xtatishi kerak. Qolaversa, Kreml o‘z qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishi kerak, dedi siyosatchi.

“Hamma narsa ayon bo‘lganida ma’nolar ko‘paytirish va kuchsizlikni oqlashning hojati yo‘q”, — xulosa qildi Zelenskiy ofisi rahbari maslahatchisi.

Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muzokaralari hali ham imkonsiz ekanini va bunga sabab hozirda “har ikki tomon ham g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonch hosil qilgani”ni aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »