Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

9-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z kuchini ko‘rsatish uchun kurashdi, biroq Moskvadagi parad uning geosiyosiy yakkalanganini namoyish etdi. CNN nashri tegishli tahlilni e’lon qildi.

Foto: Kremlin.ru

Nashrning qayd etishicha, Putin o‘z nutqida Ukrainaga bostirib kirish va Ikkinchi jahon urushi qurbonlari o‘rtasida chiziq tortdi. 2023-yilgi G‘alaba paradi ilgari Qizil maydonda o‘tkazilgan harbiy paradlarga nisbatan eng qisqa vaqt, 45 daqiqa davom etdi.

Putin qutqaruvchi bo‘lishni xohladi

Go‘yoki faxriylar qurshovida bo‘lgan Rossiya prezidenti o‘zini G‘arbning “globalistik elitasi” qarshisida turgan “zaiflashgan Rossiyaning qutqaruvchisi va himoyachisi” sifatida ko‘rsatdi.

“Bugun sivilizatsiya yana parchalanish arafasida. Vatanimizga qarshi yana haqiqiy urush boshlandi”, — degan Putin.  

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning 9-may kuni Kiyevga tashrif buyurgani Putinning Yevropa va G‘arbdan yakkalanib qolganini yaqqol ko‘rsatdi.

Moskvadagi paradga tashrif

Rossiyaning xalqaro izolyatsiya qilinganini paradda qatnashish uchun Moskvaga kelgan siyosatchilar ham namoyish etdi. Bular Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston yetakchilari edi. Bundan tashqari, paradga Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko keldi, u o‘zini yomon his qilib, parad tugaganidan keyin boshqa davlatlar rahbarlari bilan tushlikka qolmagan holda Minskka jo‘nab ketdi.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, G‘alaba paradida harbiy texnika juda yomon namoyish etilgan. Xususan, strategik aviatsiya unda umuman ishtirok etmagan. Harbiy texnikalardan 80 yillik T-34 tank namoyish qilingan.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »