Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 9-may kungi paraddan keyin MDH davlatlari yetakchilari bilan norasmiy tushligi menyusi e’lon qilindi. Bu haqda jurnalist Pavel Zarubin xabar berdi.

Foto: “Kremlin.ru”

Tushlikda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etgan.

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko sog‘lig‘i sababli tushlikda qatnasha olmagan, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov esa Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashgani uchun tushlikka borolmagan.

Jurnalist Pavel Zarubin tushlikdagi taomlar menyusini o‘zining Telegram sahifasida chop etgan. Birinchi va ikkinchi taomlardan tashqari, mehmonlarga gazaklar va shirinliklar ham taklif qilingan.

Menyudan dudlangan o‘rdak salati, qisqichbaqali taom, achchiq ziravorli va go‘shtli sho‘rva, qulupnay va laymli sharbat, qalampir sousli mol go‘shtidan steyk va pistali merenga ruleti o‘rin olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »