Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvada 9-may kuni bo‘lib o‘tgan harbiy paradda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida urush faxriylari o‘tirmagan. “Agentlik” resursi tegishli tadqiqotni olib bordi.

Foto: Telegram

Putinning yonida o‘tirganlarning hech biri, kiymidagi mukofotlarga qaramay, nemis qo‘shinlariga qarshi jang qilmagan. SSSR ichki ishlar xalq komissarligidagi “faxriylar”dan biri Ukrainada yashirin qarshi kurash olib borgan, ikkinchisi “Praga bahori”ni bostirishda qatnashgan.

Putinning o‘ng tomonida 98 yoshli Yuriy Dvoykin o‘tirgan (fotosuratda qora kepkada). 1942-yilda u ko‘ngilli bo‘lgan, lekin frontga bormagan. U snayperlar maktabida o‘qigan va 1944-yilda Lvov viloyatiga “G‘arbiy Ukraina hududida millatchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni o‘tkazish uchun” ketgan.

“O‘sha paytda banderalar haqida kam bilar edik. Ular ov qilishgan: ikki kun ichida 5 000 dan ortiq odamni otib tashlagan, o‘zlarini Lvovda, Ukrainada xo‘jayin sifatida his qilgan. Biz butun hududni millatchilardan tozaladik, ularni o‘rmonlarda, tashlandiq qishloqchalarda qo‘lga olardik”, — deb eslagan Dvoykinning o‘zi.

Putinning chap tomonida Gennadiy Zaytsev (furashka kiygan). Ikkinchi jahon urushi tugaganda Zaytsev atigi 11 yoshda edi. 1953-yilda harbiy xizmatga chaqirilib, 1959-yilda KGBda xizmat qila boshladi. 1968-yilda u Sovet ittifoqiga qarshi norozilik namoyishlari va Praga bahorini bostirish uchun Sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga kirishida ishtirok etgan.

“Zaytsev SSSR KGB 7-boshqarmasi guruhini ‘Dunay’ operatsiyasida boshqargan, bu operatsiyada Chexoslovakiyaga qo‘shinlar kiritiladi. Uning rahbarligida Pragadagi Ichki ishlar vazirligi binosi bosib olinadi.1970-yillarda Zaytsev Yuriy Andropov tomonidan tuzilgan ‘Alfa’ aksilterror guruhini boshqargan”, — deyiladi tadqiqotda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »