Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining guruh bosqichiga 11-may, payshanba kuni qur’a tashlandi.

Foto: OFK

O‘zbekiston milliy terma jamoasi B guruhida Avstraliya, Suriya va Hindistonga qarshi o‘ynaydi.

Srechko Katanes shogirdlarining musobaqadagi taqvimi ma’lum qilindi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani o‘zining sobiq murabbiy Ektor Kuperga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ayni vaqtda Kuper Suriyaga ustozlik qilmoqda.

13-yanvar

O‘zbekiston — Suriya

19-yanvar

Hindiston — O‘zbekiston

25-yanvar

Avstraliya — O‘zbekiston

Foto: O‘FA

Osiyo Kubogi guruh bosqichida dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoa to‘g‘ridan to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘l oladi. Shuningdek, eng yaxshi natijaga ega to‘rtta 3-o‘rin egasi ham 1/8 finalga yo‘llanma oladi.

O‘zbekiston B guruhida g‘olib chiqsa 1/8 finalda A, C yoki D guruhida 3-o‘rin olgan jamoaga qarshi o‘ynaydi. 2-o‘rinni oladigan bo‘lsa, F guruhida 2-o‘rinni olgan jamoaga to‘qnash keladi. 3-o‘rinni olib, bu natijani qayd etgan eng yaxshi to‘rtta terma jamoa safiga kirsa, u holda D guruhi yoki C guruhi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi 2024-yilning 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Avvaliga ushbu musobaqa 2023-yilning iyun va iyul oylarida Xitoy o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab Xitoy turnir mezbonligidan voz kechgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »