Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin 9-may kuni e’lon qilgan murojaatida kimni “baxtiyor chol” deganiga oydinlik kiritdi.

Foto: Prigojinning matbuot xizmati

Rolikda biznesmen Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining jangchilarida kerakli o‘q-dorilarni ajratmayotganini aytib, Rossiyaning kelajagi “baxtiyor chol”ga bog‘liqligini ta’kidlagan. Prigojin RTVI jurnalistining bu boradagi bir qator, xususan, “chol” deganda kimni nazarda tutgani borasidagi savollariga javob berdi.

9-may kungi videorolikda “baxtiyor chol” deganda kimni nazarda tutdingiz?

“Savolga javob beraman: chol haqida bizga snaryadlar berishmayotgani va ularni omborlarda saqlashayotgani kontekstida gapirdim. Va kim chol bo‘lishi mumkin?

Birinchi variant: general Mixail Mizinsev, u bizga snaryadlar bermagani uchun lavozimdan olingan va shu sababli endilikda u bizga snaryadlar bera olmaydi.

Ikkinchi variant: snaryadlar berishi kerak bo‘lgan Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov, ammo biz kerakli hajmda emas, balki 10 foiz miqdordagina snaryadlarni olyapmiz.

Uchinchi variant: ijtimoiy tarmoqlarda bizga snaryadlar solingan qutilarni taklif qilgan Natalya Xim (“Dom-2” teleshousining sobiq ishtirokchisi)”.

Prigojinga ko‘ra, uning murojaatidan keyin mamlakat rahbariyatidan Mudofaa vazirligiga xususiy harbiy kompaniya so‘rovlarini ko‘rib chiqish buyrug‘i berilgan. “Byurokratiya sabab, afsuski, bu uzoq vaqtga cho‘zilyapti”, — deydi u.

Shuningdek, Prigojin o‘ziga qarshi axborot kampaniyasi ancha yillardan beri davom etayotganini ta’kidlagan. “Faqat buyurtmachilar o‘zgarmoqda, Navalniydan boshlab, amerikaliklar bilan tugayapti”, — deya qayd etadi Prigojin.

Yevgeniy Prigojin snaryadlar yo‘qligi sabab jangchilarining Baxmutdagi pozitsiyasini 10-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga topshirishini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay u yollanma jangchilar Baxmutdan ketmasligini aytdi. The Washington Post’ning yozishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” rahbarini obro‘sizlantirish rejasini ishlab chiqqan. 

“Vagner” qanday guruh?

Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

“Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »