Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni oxirgi oylarda front chizig‘ining eng qaqshatkich janglari davom etayotgan Baxmut shahriga kelishga chaqirdi. Biznesmenning murojaati 12-may tongida uning matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Factor

“Murakkab operativ vaziyat, shuningdek, jangovar harakatlarni olib borishdagi sizning uzoq yillik tajribangizni hisobga olgan holda Rossiya harbiylashtirilgan bo‘linmasi nazorati ostida bo‘lgan Baxmut hududiga kelib, yuzaga kelgan holatni o‘zingiz baholashingizni iltimos qilaman”, — deb yozadi Prigojin.

Xatda, shuningdek, ayni vaqtda “Vagner” yollanma jangchilari Baxmutning 95 foizdan ortiq hududini nazorat qilayotgani va hujumlar davom etayotgani, biroq Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari bayroqlari o‘rnatilgan joylarda “dushman qator muvaffaqiyatli qarshi hujumlarni” amalga oshirgani ta’kidlangan.

Yevgeniy Prigojin snaryadlar yo‘qligi sabab jangchilarining Baxmutdagi pozitsiyasini 10-may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalariga topshirishini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay u yollanma jangchilar Baxmutdan ketmasligini aytdi. The Washington Post’ning yozishicha, Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” rahbarini obro‘sizlantirish rejasini ishlab chiqqan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »