Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut yo‘nalishidagi “taktik” chekinishni ochiq tan olib, “Rossiya uchun global fojia” muqarrarligini aytdi. Prigojin o‘zining navbatdagi videomurojaatida bu haqda maʼlum qildi.

Foto: Telegram

“Vagner” asoschisiga ko‘ra, ayni damda Rossiya Mudofaa vazirligi bo‘linmalari flangdan qochib ketmoqda va 12-mayning o‘zida 5 kvadrat metrlik hudud boy berilgan, jumladan Chasov Yar — Baxmut yo‘li ruslardan ozod qilingan va barcha taktik balandliklar Ukraina harbiylari tomonidan egallab olingan.

“Vagner” rahbari uning yollanma askarlari Baxmutni yetti oy davomida qurshab olgani, keyin esa flanglarni rus harbiylarga topshirganini aytdi. Prigojinning fikricha, natijada Rossiya tomonidan deyarli bosib olingan shahar endi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘ralgan bo‘lishi mumkin. Prigojin agar Ukraina qurolli kuchlariga Berxovkaga kirishga ruxsat berilsa, rus qo‘shinlari qurshovga olinishini bashorat qildi. 

“O‘rtoq Konashenkov (RF Mudofaa vazirligi vakili ), yumshoq qilib aytganda, nayrang o‘ynadi: bu taktik chekinish emas, shunchaki qochish edi”, — deb g‘azablandi Prigojin.

U o‘zining shaxsiy armiyasiga hali ham yetarlicha o‘q-dorilar berilmaganidan shikoyat qildi va “Vagner” yo‘qotishlarga uchrashini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, vagnerchilarning Baxmutda egallashi kerak bo‘lgan bor-yo‘g‘i 20 ta bino qolgan, biroq shaharning qo‘lga olinishi ruslarga hech narsa bermayapti.

“Chunki flanglar vayron, front esa barbod bo‘lmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligining axborot sohasidagi vaziyatni yumshatishga urinishlari esa Rossiyaning global fojiaga olib keladi. Men uzoq vaqtdan beri ogohlantirgan narsam sodir bo‘la boshladi”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh

Баходир Толипов

12.05.2023, 20:38

Nima uchun askarlar qochib keti

Баходир Толипов

12.05.2023, 20:37

Askarlar sunchali qo'rqoq mi rusiyadan asker lar opkelishini talap qilamiz

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »