Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Yevropa Ittifoqida terrorchilik tashkiloti deb topilishini xohlamoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom ma’lum qildi.

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, Stokgolm mazkur masala bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan murosaga kelishi kerak.

Billstryomning qayd etishicha, “Vagner guruhi” Sudan, Mali, Suriya va Ukrainada dahshatli hujumlarni amalga oshirgan. Ayni vaqtda Shvetsiya rotatsiya bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Kengashi raisi lavozimini egallab turibdi. 12-may kuni Stokgolmda Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi o‘tkaziladi.

Vazirning aytishicha, biror-bir tashkilot terrorchilikka aloqador deya topilishi uchun milliy huquq-tartibot idoralari unga qarshi tegishli moddalar bilan ish qo‘zg‘atishi lozim. Dastlabki tergov o‘tkazilganidan keyingina masala Yevropa Ittifoqi kengashining tashqi ishlari muhokamasiga kiritiladi.

10-may kuni Fransiya Milliy yig‘ini mamlakat hukumatini “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Yevroittifoqda terrorchilik tashkiloti ro‘yxatiga kiritishga chaqirish bo‘yicha “bor diplomatik sa’y-harakatini” ishga soluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Litva parlamenti bu kabi rezolyutsiyani martda tasdiqlagandi. Buyuk Britaniya ham shu kabi niyatda. Yevropaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatida hozirda 13 ta jismoniy va 21 ta yuridik shaxs mavjud.

“Vagner” qanday guruh?

Ko‘plab G‘arb OAVlari “Vagner” guruhi to‘g‘ridan to‘g‘ri Vladimir Putinga bo‘ysunishini yozadi. Uning yollanma jangchilari bolalarni o‘ldirish, ayollarni zo‘rlash va qiynoqqa solish, shuningdek, shafqatsiz qotilliklarda ayblanib keladi.

“Konkord” kompaniyasi egasi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 2016-yildan buyon AQSH, 2020-yildan buyon esa Yevroittifoq sanksiyalari ostidadir. Vashingtonda u Internet tadqiqotlari agentligi (trollar fabrikasi) va “Vagner”ni nazorat qilishda ayblangan.

U “Vagner”ga aloqadorligini ko‘p marta rad etgan va bunday ayblovlar sababli sudlashgan, ammo 2022-yil sentabrida u “Vagner” asoschisi ekanini ma’lum qildi. Tashkilotni 2014-yilda, uning so‘zlariga ko‘ra, “Donbassda rus xalqiga nisbatan genotsid” boshlangan vaqtda tuzgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »