Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning NBCUniversal media korporatsiyasining sotuvlar bo‘yicha sobiq direktori Linda Yakkarino Twitter’ning yangi bosh direktori bo‘ldi. Bu haqda Twitter egasi Ilon Mask ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Men Linda Yakkarinoni Twitter’ning yangi bosh direktori sifatida tanishtirayotganimdan xursandman. Men Linda bilan platformani universal ilovaga aylantirish uchun hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutaman”, — deb yozdi Mask Twitter’da.

Maskning ta’kidlashicha, Yakkarino biznes jarayonlariga, o‘zi esa yangi texnologiyalar va mahsulot dizayniga e’tibor qaratadi.

Foto: Getty Images

Linda Yakkarino haqida nimalar ma’lum?

Linda Yakkarino 1963-yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. 1985-yilda u Pensilvaniya universitetini tamomlagan va u yerda gumanitar fanlar va telekommunikatsiya sohasidagi faoliyatni o‘rgangan. U media industriyasidagi faoliyatini NBCUniversal’ning media rejalashtirish bo‘limida stajyor sifatida boshlagan.

1992-yildan beri u Turner Entertainment multimedia kompaniyasida ishlagan, u yerda dastlab ijrochi vitse-prezident, keyin esa reklama savdosi bo‘yicha bosh operatsion direktor sifatida faoliyat yuritgan. U 2011-yilda NBCUniversalga qaytgan. Dastlab u savdo, kabel televideniyesi va raqamli reklama, 2012-2020 yillarda esa reklama va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2020-yilda u global reklama bo‘limida hamkorlik bo‘yicha direktor bo‘ldi. Reklamani qo‘llab-quvvatlaydigan Peacock striming xizmatini ishga tushirishda muhim rol o‘ynagan.

U Superkubok va Olimpiada kabi yirik sport tadbirlarining translyatsiyalarini nazorat qilgan va Snapchat, YouTube, Twitter kabi yirik texnologiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilgan.

The Wall Street Journal ma‘lumotlariga ko'ra, NBCUniversal’dagi faoliyati davomida Yakkarino xonimning 2000 kishidan iborat jamoasi reklama sotishdan 100 milliard dollardan ko‘proq daromad olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »