Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumni rejalashtirayotgani sabab Kiyev va Moskva mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati orqa planga o‘tib qoldi. Biroq Amerika va Yevropadagi ayrim amaldorlar jangovar harakatlarning keyingi fazasi diplomatiyani “jonlantirishi” mumkin deb hisoblamoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, AQSH hukumati o‘t ochishni to‘xtatish yoki tinchlik muzokaralarini boshlashga oldingidek ehtiyotkor. Yevropalik ayrim amaldorlar ham bunga shubha bilan qaramoqda. Ukraina rasmiylari Rossiya qo‘shinlari chiqib ketmaguncha muzokaralarga rozi bo‘lmasligini ma’lum qilgan; Rossiya tomoni ham “biror yonbosish yoki dialog o‘rnatish alomatlarini namoyon etmayapti”.

Shunga qaramay amerikalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti Jo Baydenning yordamchilari muzokaralar imkoniyatini istisno etmayapti va ham Kiyev, ham Moskva uchun manfaatli bo‘ladigan yakunni aniqlashga urinmoqda. Baydenning yordamchilari va yevropalik amaldorlar, ayniqsa, Ukraina qarshi hujumda sezilarli muvaffaqiyatga erishishiga umid qilyapti.

“Administratsiyaning yuqori martabali vakillari ukrainalik hamkasblarimiz bilan oxir-oqibat dunyo qanday ko‘rinishda bo‘lishi to‘g‘risida muntazam suhbatlar o‘tkazayotganini bilaman”, — deydi demokrat Adam Smit. Shu bilan birga, Vashington va Kiyev muntazam “Ukraina Qurolli kuchlarini qurollantirish va unga ko‘proq hududlarni qaytarib olishiga yordam berish” bo‘yicha muloqot qilmoqda.

AQSH Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli ham tinchlik muzokaralari kerakligini qayd etgan, mojaroning uzoq davom etishi ko‘plab qurbonliklarga olib keladi. Davlat kotibi Entoni Blinken esa boshqacha pozitsiyani egallagan. May boshida u dialog uchun “Putin va Rossiya ongida chuqur o‘zgarish sodir bo‘lishi” kerakligini aytgandi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukraina qo‘shinlarining muvaffaqiyatli qarshi hujumidan keyin Kiyev va Moskvani muzokaralar boshlashiga oid nuqtayi nazarni “shizofrenik” deb atagan.

Kuni kecha “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut yo‘nalishidagi “taktik” chekinishni ochiq tan olib, “Rossiya uchun global fojia” muqarrarligini aytdi. Shuningdek, u Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni oxirgi oylarda front chizig‘ining eng qaqshatqich janglari davom etayotgan Baxmut shahriga kelishga chaqirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »