Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik tadbirkor va Luminar Technologies asoschisi Ostin Rassell Forbes aksiyalarining nazorat paketi egasiga aylandi. Bitim qiymati qariyb 800 million dollarga baholangan. Rassellning bayonotidan The Wall Street Journal va Reuters iqtibos keltirdi.

Ostin Rassell Forbes jurnalining 82 foiz ulushi, jumladan, Forbes oilasiga tegishli bo‘lgan ulushni sotib olishga rozi bo‘ldi. Ilgari jurnalga egalik qilgan Gonkongdagi Whale Media Investments firmasi minoritar aksiyador bo‘lib qoladi.

Rassellning bayonotida ta’kidlanishicha, u nashrning tahririyat siyosatida ishtirok etish yoki yangiliklar yoritilishiga ta’sir qilish niyatida emas. Tadbirkor e’tiborini kompaniyaning o‘sishi va xayriya ishlarini ta’minlashga qaratmoqchi.

Bundan tashqari, Ostin Rassell Forbes jurnaliga media, texnologiya va sun’iy intellekt sohasidagi amerikalik mutaxassislarni jalb qilmoqchi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »