Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Mirobod tumanida pul evaziga imtiyozli kredit ajratish va yer olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan G‘.E. fuqaro G.G.ning ishonchiga kirib, go‘yoki unga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan imtiyozli kredit hamda Chilonzor tumanidagi savdo kompleksi yonidan 6 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgani aniqlandi.

U o‘z “xizmati” evaziga 22 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga yana 600 million so‘m berishini aytib, shundan 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy yer savdolari

Aprel boshlarida Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »