Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiy sanoatiga nisbatan yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. “Ekonomicheskaya Pravda” nashrining yozishicha, sanksiyalar ro‘yxatidan 493 ta yuridik va 208 nafar jismoniy shaxs o‘rin olgan.

Foto: Ukraina preizdenti ofisi

“Terrorchi-davlat va Rossiya bilan bog‘liq yuzlab jismoniy hamda yuridik shaxslar global izolyatsiya nishoniga aylanmoqda. Sheriklarimiz bilan ushbu tajovuzga xizmat qilayotgan barcha, terrorchilar qo‘liga qurol, o‘q-dori texnika va texnologiyalarni berayotganlarning dunyo tomonidan ezib tashlanishi uchun faol ishlayapmiz”, — deydi Zelenskiy.

Sanksiya joriy etilgan kompaniyalarning aksariyati Rossiya va Belarusga tegishli. Ular orasida Belarus mashinasozlik korxonasi, Rossiya yengil sanoat korxonasi, jumladan, to‘qimachilik va poyabzal fabrikalari, elektronika ishlab chiqaruvchi zavod hamda kompaniyalar bor.

Shuningdek, Ukraina prezidenti “Zaporojstal” ulushi musodara qilinganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, unga ofshor kompaniyalar orqali Rossiya banki egalik qilib kelgan. Zelenskiy kredit tashkiloti nomini oshkor etmagan, ammo “Kommersant” nashri 2010-yilda Rossiyaning yirik davlat taraqqiyot korporatsiyasi (VEB) “Zaporojstal” xaridini moliyalashtirganini yozgandi.

Ukrainada urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi. Rossiyaning 11 banki Vashingtonning yangi cheklovlari ostida qoldi. Bundan tashqari, AQSH Rossiyadan alyuminiy va alyuminiy mahsulotlariga 200 foiz boj joriy etmoqda. Rossiyaning 50 dan ortiq amaldorlari, xususan, ba’zi vazir va gubernatorlar yangi sanksiyalarga duchor bo‘ldi. Mart boshlarida AQSH prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols Vashingtonda muzokara o‘tkazdi va uning davomida Rossiyani Ukrainadagi voqealar uchun yetarlicha javobgarlikka tortish niyatini bildirgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »