Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

The New York Times nashri Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on saylovda hokimiyatni yo‘qotsa, Rossiya va Yevropa Ittifoqi bunga qanday munosabat bildirishini prognoz qildi.

Foto: Politico

Prognozga ko‘ra, Rossiya hukumati iqtisodiy va diplomatik hamkorlikni yo‘qotishi mumkin bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi “vazminroq Turkiya”ga ega bo‘lishdan xursand bo‘lardi. NYT Turkiyadagi bugungi prezidentlik saylovlari G‘arbda, NATO bosh qarorgohi va Kremlda kuzatilayotganini, tomonlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘pincha yoqimsiz munosabatlarda Anqaraning vositachilik roli saylov natijalariga bog‘liqligini ma’lum qildi.

Turkiyadagi saylovlarga e’tiborning ortishiga plebissit (juda muhim masalani hal qilishni umumxalq ovoziga qo‘yish) arafasida o‘tkazilgan so‘rovlar Erdo‘g‘on raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘lidan biroz ortda qolganini ko‘rsatgani bilan bog‘liq.

NYT ta’kidlashicha, G‘arbdagi rasmiylar an’anaviy tarzda Turkiyaning ichki ishlariga aralashganlikda ayblanmaslik uchun munosabat bildirmaydi.

“Hech kimga sir emaski, Yevropa yetakchilari, Jo Bayden ma’muriyati haqida gapirmasa ham, Erdo‘g‘on mag‘lub bo‘lsa, xursand bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Nashr Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildtning “Biz hammamiz Turkiya uchun yengillik istaymiz” degan so‘zlarini keltiradi.

Ta’kidlanishicha, bu NATOning strategik muhim a’zosi – Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya Yevropa Ittifoqi uchun tobora noxush hamkorga aylanib borayotgani bilan bog‘liq. Rossiya ham ko‘p jihatdan saylov natijalariga bog‘liqligi, chunki Erdo‘g‘on davrida Turkiya Rossiyaning jiddiy savdo sherigi va diplomatik vositachiga aylangani ta’kidlangan. 

“Bu munosabatlar Ukrainaga qilingan hujum fonida Kreml uchun yanada ahamiyatli bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Erdo‘g‘on G‘arbning hafsalasini qanday pir qildi?

NYT maqolasida qayd etilishicha, Erdo‘g‘on hokimiyatdagi 20 yillik faoliyati davomida ko‘pincha G‘arbdagi ittifoqchilarini xafa qilgan va Kreml uchun qulay diplomatik imkoniyatlar yaratgan tashqi siyosat yuritgan.

Birinchidan, Erdo‘g‘on G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan, bu esa Kremlni urush uchun puldan mahrum qilishga putur yetkazgan, buning evaziga u katta chegirmalarda rus neftini olgan.

Ikkinchidan, Turkiya prezidenti Shvesiyaning NATOga kirishini to‘sib qo‘yganida ittifoqchilarning hafsalasi pir bo‘ldi. Kengroq ma’noda, Yevropa Ittifoqi va AQSH o‘rtasida Turkiya Erdo‘g‘on boshchiligidagi qonun ustuvorligi va matbuot erkinligi kabi Yevropa qadriyatlari va me’yorlaridan yanada uzoqlashgani haqida fikr bor.

Nashrga ko‘ra, AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATO muxolifatning g‘alabasidan naf ko‘rar ekan, Erdo‘g‘on taxtdan ag‘darilsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, albatta, yutqizuvchi sanaladi.

Qilichdaro‘g‘liga kelsak, nashrning ta’kidlashicha, agar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettirishga va’da bergan, biroq u Erdo‘g‘onning Ukraina masalasidagi nozik muvozanat harakatini saqlab qolishi hali aniq emasligini ta’kidlagan.

Turkiyada prezidentlik saylovlari boshlandi

14-may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlari boshlandi. Prezidentlik uchun uchta nomzod kurashmoqda: prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Olti muxolifatchi partiyasi alyansidan (Xalq alyansi) nomzod Kamol Qilichdaro‘g‘li va Otaturkchilar ittifoqi”dan nomzod Sinan Ogan.

Dastlabki natijalar bugun kechqurun e’lon qilinishi kutilmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »