Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin choy ichishda ehtiyot bo‘lishi kerak, chunki Kreml uni shaxsan Vladimir Putinni qattiq tanqid qilgani uchun jazolashi mumkin. Bu haqda Politico o‘zining kinoya va tahliliy maqolasida ma’lum qildi.

Foto: “TASS”

“Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bezovta qilish yoki unga e’tiroz bildirish xavfli o‘yin bo‘lib, dachada o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlanishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Nashrning eslatishicha, Ukrainaga keng miqyosli bosqin boshlanishi bilan taniqli ruslarning sirli o‘lim to‘lqini butun Rossiya bo‘ylab tarqaldi: kamida yetti rossiyalik oligarx g‘alati sharoitlarda vafot etdi va ko‘plab taniqli amaldorlarning to‘satdan o‘limi ham qayd etildi. 

Yaqinda Putinni shaxsan haqorat qilgan Prigojin ham bir piyola xushbo‘y choy ichganidan so‘ng “noaniq” derazadan tushib ketishi yoki o‘lishi mumkinligini prognoz qilindi.

“O‘tgan hafta Prigojin ’chol’ (Rossiyada ko‘pchilik bu Putinga qaratilgan, degan fikrga kelgan) degan bayonoti bilan chegarani kesib o‘tdimi? Menimcha, ruslar bundan-da kamroq sabablarga ko‘ra derazadan tushib ketgan”, —  deb istehzo qiladi maqola muallifi.

Shu bilan birga, nashr rossiyalik muxolifat jurnalistlari Andrey Soldatov va Irina Boroganning fikrini keltirib o‘tadi, ular hamon Prigojinni Rossiya harbiy razvedkasi va shaxsan Putinning tayanchi sifatida ko‘radi. Kreml diktatori Prigojinga ataylab ma’lum erkinliklarni bergani, buning ortidan u Rossiyaning oliy harbiy rahbariyatiga qarshi turishda davom etishi aytilgan.

Prigojin Putinni tanqid qildi

9-may kuni, Putin Qizil maydonda harbiy paradni tomosha qilayotganida, “Vagner” asoschisi Prigojin biroz pardalangan, ammo tushunarli tarzda Putinni tanqid qilgan videoni joylashtirdi.

U ma’lum bir “chol” rus armiyasi yaxshi ishlayapti deb o‘ylashini, aslida ruslar frontda katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lishi va doimo snaryadlar yetishmasligini boshdan kechirayotganini bildirdi.

“Mamlakat bundan keyin nima qilishi kerak? Urushda qanday g‘alaba qozonish mumkin, mening taxminimcha bu chol to‘liq tentak ekanligi ayon bo‘ladi?”, — degan u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »